Jizzax viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi ekologik nazorat inspeksiyasi hamda bioxilma-xillikni asrash shu’basi davlat inspektorlari tomonidan Yangiobod tumanida olib borilgan nazorat reyd tadbirida noqonuniy ov qilib yurgan fuqaro aniqlandi.
Toshkent shahrida yashovchi M.I. ismli fuqaro o‘ziga tegishli ov quroli yordamida 1 dona quyon va 4 dona kabutar qushlarini tegishli ruxsatlarsiz ovlagan.
Mazkur holat yuzasidan huquqbuzar fuqaroga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 90-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning 10 baravari ya’ni, 3 300 000 so‘m jarima hamda 990 000 so‘m hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar belgilandi.