Yangiobod tumani hokimi Ibrohim Qarshiboyevning tumanning 1-sektoriga qarashli Sovot QFYda alohida toifadagi yoshlar va ularning ota-onalari bilan ochiq muloqoti o‘tkazildi.
Unda sektor va mahalla mas'ullari, tegishli korxona va tashkilot rahbarlari, aholi va yoshlar ishtirok etishdi.
Muloqot avvalida tuman hokimi mahallada aholi turmush darajasini yanada yaxshilash, aholi bandligini ta'minlash sohasida amalga oshiriladigan ishlarga to'xtalib o'tdi.
Shuningdek, tumanda alohida toifadagi yoshlar bilan ishlash va ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash borasidagi ishlar holati va galdagi vazifalar ham muhokama etildi.
Ochiq muloqot davomida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, ularning ijobiy yechimi yuzasidan tegishli rahbarlarga topshiriklar berildi va tuman hokimi tomonidan nazoratga olindi.