O'zbekiston Respublikasi Adliya vaziri tomonidan 2023-yil 9-noyabrda tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan amalga oshiriladigan qo'shimcha chora-tadbirlar dasturi"ga asosan barcha umumta'lim maktablarini qamrab olgan holda insholar tanlovi o'tkazish belgilangan.
Shunga ko'ra Yangiobod tumanidagi umumta'lim maktab o'quvchilari o'rtasida “Konstitutsiya – huquqlarim poydevori” mavzusida insholar tanlovi o'tkazildi.
Tanlovda tumandagi umumta'lim maktablaridan 54 nafar o'quvchilar ishtirok etdi.
Taqdim etilgan insholar baholanib tanlov g'oliblari aniqlandi.
1-o'ringa 12-sonli maktab o'quvchisi Xudoyqulova Sevdora;
2-o'ringa 1-maktab o'quvchisi Abdushukurova Mohlaroyim
3-o'ringa 1-maktab o'quvchisi Hakimboyeva Nilufar munosib deb topilib, g'oliblar tanlovning viloyat bosqichiga yo'llanmaga ega bo'ldilar.