Mamlakatimizda tadbirkorlik sub’ektlari o’z faoliyatlarini yuritishlari uchun qator qulaylik va imkoniyatlar yaratilmoqda. Tadbirkorlarga yaratilgan imtiyoz va yengilliklar mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda.
O’zbekiston Respublikasining "Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar kabul qilinganligi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida"gi O’RQ-418-son Qonuni tasdiqlanganidan so’ng Yangiobod tumani statistika bo’limi tomonidan tumanda tadbirkorlikni faoliyatini rivojlantirish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan sodir etiladigan huquqbuzarliklarni oldini olish va tushuntirish ishlarini olib borish yuzasidan ko’plab amaliy ishlar bajarib kelinmoqda.
Ushbu qonunning 3-moddasiga asosan, O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi Kodeksi (keyingi o’rinlarda O’zR MJtK deb ataladi)ning 271-moddasi (Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlarni yuritishni istisno etuvchi holatlar) 11-band bilan, 305-moddasi (Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishni ko’rib chiqish muddatlari) to’rtinchi qism bilan to’ldirilgan.
SHuningdek, O’zR MJtKning 271-moddasi 11-bandiga muvofiq, “agar ushbu Kodeks 215-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan tadbirkorlik sub’ektining mansabdor shaxslari yoki xodimlari yoxud tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi fuqarolar huquqbuzarlik aniqlangan paytdan e’tiboran o’ttiz kunlik muddatda yo’l qo’yilgan buzilishlarni ixtiyoriy ravishda bartaraf etgan va (yoki) yetkazilgan moddiy zararning o’rnini qoplagan bo’lsa, bundan fuqarolarning hayoti va (yoki) sog’lig’iga zarar yetkazilgan hollar mustasno” deb belgilandi va bunday holatda ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlarni yuritishni boshlash mumkin emasligi, boshlangan ish esa tugatilishi lozimligi qayd etadi.
Qayd etish joizki, Yangiobod tumani bo`yicha 2023 yilning 1 noyabr holatiga ro`xatga olingan hamda faoliyat ko`satayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha soni jami 726 tani tashkil etib, shundan 521 tasi faoliyat ko`satayotgan korxona va tashkilotlardir.
Shu jumladan ro`yxatga olingan hamda faoliyat ko`rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha:
O‘tgan hisobot davri davomida tumanda kichik biznes sub’ektlarining davlat statistika hisobotlarini taqdim etish bilan bog‘liq birorta huquqbuzarlik holati qayd etilmadi.
Ushbu qonun talablarining to‘laqonli bajarilishi barcha tadbirkorlarimiz uchun keng imkoniyatlar yaratadi deb hisolaymiz.
Yangiobod tumani statistika bo‘limi