Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 11-avgustdagi “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi OʻRQ-707-sonli qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash xamda mamlakatning statistika saloxiyatini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora - tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-4273-sonli qarorining ijrosini taʼminlash hamda ijtimoiy iqtisodiy xodisalar, jarayonlar va ularning natijalari toʻgʻrisida maʼlumotlarni yigʻish, qayta ishlash, tahlil qilish, statistik axborotlarni takomillashtirish, iqtisodiy taxlillarni yanada chuqurlashtirilib, tumanimiz ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatgichlari sarxisob qilindi. Natijada:
2023-yil yanvar – oktyabr oylarida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 49,6 mlrd soʻm oʻsish surʼati 107,0* foizga, isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish 26,1 mlrd. soʻm oʻsish surʼati 104,9 foizga, qurilish ishlar hajmi 20,6 mlrd. soʻm oʻsish surʼati 62,5 foizga, chakana tovar aylanmasi hajmi 90,1 mlrd. soʻm oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 103,9 foizga, tashqi savdo aylanmasi hajmi 1,6 mln aqsh dollari oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 41 foizga, jami xizmatlar 56440,3 mlrd soʻm oʻsish surʼati 88,2 foizga bajarildi.
Yangiobod tumani statistika boʻlimi