Maʼlumki, yurtimizda 3-dekabr - “Xalqaro nogironlar kuni” sifatida keng nishonlanadi va bundan koʻzlangan asosiy maqsad aqlan yoki jismonan imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimizning huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda ularni har taraflama qoʻllab-quvvatlashdan iboratdir.
Bugun Yangiobod tumanida ushbu sana munosabati bilan imkoniyati cheklanganlar uchun bayram dasturxoni tashkil etilib, ularga izzat-ikrom koʻrsatildi.
Tadbirda tuman hokimining o'rinbosarlari va tegishli soha vakillari ishtirok etib, mehmonlarni bayram bilan tabrikladilar va ularga sovgʻa-salomlar ulashildi.
Bayram tadbiri sanʼatkorlarning diltortar kuy-qoʻshiqlari bilan yuqori kayfiyatda davom etdi.