Yangiobod tumanining barcha mahallalarida "Yangi Oʻzbekiston – yashil makonda birga yashaylik!" shiori ostida ko'chat ekish aksiyalari davom etmoqda.
"Yashil makon" umummilliy harakati doirasida tashkil etilayotgan kuzgi tadbirlar tumanning 1-sektoriga qarashli Yangiobod SHFYda ham uyushqoqlik bilan o'tkazilib, loyiha doirasida yangi bog' barpo etildi va bodom ko'chatlari ekildi.
Bundan tashqari, aholi xonadonlariga ham ko'chatlar tarqatilib, tomorqalar va yo'l chetlarida ham daraxtzorlarni kengaytirish harakatlari davom ettirilmoqda.