Bugun 1-dekabr OITS ga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Yangiobod tumanidagi Balandchaqir chegara qo'riqlash vzvodida “Biz OITSga qarshimiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda Yangiobod tumani sanitariya-epidemiologik salomatlik va jamoat salomatligi boʻlimi shifokor-epidemiologi, epidemiolog yordamchisi tomonidan ushbu kasallikning yashirin belgilari, rivojlanishi, davolash, bemorga yordam berish, unga nisbatan psixoterapiya ishlari, profilaktika masalalari haqida harbiy xizmatchilarga batafsil ma‘lumotlar berildi.
Eng muhimi, OITSga chalinayotganlar soni ortib borayotganini hisobga olib, har bir kishi bu masalada jon kuydirmog‘i darkorligi ta’kidlandi.