Yangiobod tumanida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari natijasida mahallalarning yoʻl infratuzilmasi yanada yaxshilanib, aholining hayot tarzi va kayfiyatiga oʻz ijobiy taʼsirini koʻrsatmoqda.
Birgina tumanning Sarmich mahallasidagi ishlarga nazar tashlaydigan bo'lsak, 2022 yil oxir hamda 2023 yil davomida jami 14,5 km asosiy va ichki yo'llar asfaltlashtirildi.
Xususan, "Mening yo'lim" loyihasi asosida mahalla hududidagi "Soyguzar" ko'chasining 1200 metr qismi hamda "Tushguzar" ko'chasining 700 metr qismiga asfalt yotqizildi.
Bundan tashqari, Qatorbog', Soyguzar, Sarmich kabi bir qator ko'chalarga shag'allashtirildi. Ayni kunlarda bu kabi ta'mirlash jarayonlari barcha mahallalarda bosqichma-bosqich davom etmoqda.