Yangiobod tumanidagi 19-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning ijrosi, yosh avlodning madaniy saviyasini yuksaltirish va ularning ma`naviy olamini boyitish maqsadida "Kamalak yulduzlari" Respublika bolalar ijodiyoti festivalining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Festival Yoshlar ishlari agentligi Yangiobod tuman bo'limi, Maktabgacha va maktab ta'lim bo'limi, tuman Madaniyat bo'limi, 19-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabi bilan hamkorlikda o`tkazildi.
Festivalda 6 yoshdan 15 yoshgacha bo`lgan ijodkor bolalar yakka va jamoaviy tarzda ishtirok etishdi.
Yakunda g`oliblar va faol ishtirokchilar Yoshlar ishlari agentligi tuman bo`limining diplom va esdalik sovg`alari bilan taqdirlandilar.