Yangiobod tumani hokimi Ibrohim Qarshiboyev Havotog' QFY, Qo'shqand qishlog'ida aholi bilan muloqot o'tkazdi.
Tadbirda sektor rahbarlari, mahalla mas'ullari, tegishli tashkilot rahbarlari, aholi va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Uchrashuv avvalida tuman hokimi fuqarolar yig'ini hududida olib borilgan bunyodkorlik va aholi turmush tarzini yaxshilash borasidagi ishlarga to'xtalib, ushbu hududda amalga oshiriladigan galdagi rejalarni ham aholiga yetkazdi.
Xususan, mahalla hududida yangi ish o'rinlari tashkil etish, yaqin vaqt ichida uyali aloqa sifatini yanada yaxshilash, shuningdek, “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” dasturi asosida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar xususida gapirdi.
Ochiq muloqot tarzida o'tgan uchrashuv davomida fuqarolarning murojaat va takliflari ham tinglanib, ularning ijobiy yechimi yuzasidan tegishli raxbarlarga topshiriklar berildi va tuman hokimi tomonidan nazoratga olindi.