Yangiobod tumanida yoʻl infratuzilmasini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari natijasida joriy yilning o'zida 40 km.dan ortiq ichki yo'llarga shag'al yotqizilib, soz holga keltirildi.
Ayni kunlarda ham bu ishlarning davomi sifatida tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan tumanning 1-sektoriga qarashli Sovot QFY, Ziyolilar ko'chasi ham shag'allashtirilmoqda.
Bu kabi bunyodkorlik ishlari barcha mahalla va ko'chalarda bosqichma-bosqich davom etmoqda.