Yangiobod tumanidagi 19-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida "Hokim va yoshlar uchrashuvi" bo'lib o'tdi.
Tadbirda tuman hokimi Ibrohim Qarshiboyev joriy yilda tumanda yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar va galdagi rejalar haqida to'xtalib, yoshlarning barkamol shaxs bo'lib yetishishlari yo'lida o'z tavsiyalarini berdi.
Uchrashuvda turli sohalarda faol bo'lib, yuqori natijalarga erishib kelayotgan yoshlar ham so'z olishib, tengdoshlariga davlatimiz tomonidan yoshlar uchun yaratilayotgan bugungi imkoniyatlardan unumli foydalanish zarurligi to'g'risida fikr bildirdilar.
Tadbir davomida eng faol va namunali mahalla yoshlar yetakchilari, yil davomida fan, san'at, madaniyat, sport va boshqa yo'nalishlarda barchaga o'rnak bo'lib, turli tanlov hamda musobaqalarda yuqori natijalarga erishgan yoshlarga tuman hokimining tashakkurnoma va sovgʻalari topshirildi.