Yangiobod tumanida joylashgan 1-sonli umumta‘lim maktabi o‘quvchi yoshlariga "Yosh chegarachilar" harbiy akademik litseyiga o‘qishga kirish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.
Tadbirda o‘quvchi yoshlar litseyga kirish, u yerda yaratilgan shart sharoitlar haqidagi savollariga javoblar oldilar.
Uchrashuv davomida "Davlat chegarasi to‘g‘risida"gi yangi tahrirdagi qonunning mazmun-moxiyati ham tushuntirib o‘tildi.