Tuman hududidagi yer usti gaz tarmog'iga elektr ustuni yiqilishi natijasida gaz tarmog'ida yuz bergan avariya sababli Shodlik MFY, Yangiobod SHFY, Balandchakir MFY axoli xonadonlari hamda tashkilotlar va tadbirkorlar uchun tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to'xtatilgan edi.
Ushbu nosozlik yuzasidan "Yangiobodtumangaz" gaz ta'minoti filiali mutaxassislari tomonidan tezkor choralar ko'rilib, bartaraf etildi.
Hozirda isteʼmolchilarga tabiiy gaz yetkazib berish boshlanganligi sababli, fuqarolardan gaz uskunalaridan foydalanishda xavfsizlik va ehtiyot choralarini ko'rishlarini va ogoh bo'lishlarini so'raymiz.