Yangiobod tumani hokimi Ibrohim Qarshiboyev tumanning 1-sektoriga qarashli Sovot QFY Sohibkor qishlog‘ida sayyor qabul o‘tkazdi.
Sayyor qabulda tumandagi Prezident xalq qabulxonasi mudiri, mahalla mas'ullari, tegishli korxona va tashkilot rahbarlari, aholi va yoshlar ishtirok etishdi.
Muloqot avvalida tuman hokimi mahallada aholi turmush darajasini yanada yaxshilash, aholi bandligini ta'minlash, shu jumladan, xotin-qizlar uchun ish o‘rinlari tashkil qilish kabi masalalarga to'xtalib o'tdi.
Ochiq muloqot tarzida oʻtgan sayyor qabul davomida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, ularning ijobiy yechimi yuzasidan tegishli rahbarlarga topshiriklar berildi va tuman hokimi tomonidan nazoratga olindi.