Yangiobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari natijasida mahallalarning yoʻl infratuzilmasi yanada yaxshilanib, aholining hayot tarzi va kayfiyatiga oʻz ijobiy taʼsirini koʻrsatmoqda.
Birgina joriy yilda amalga oshirilgan ishlar ko'lamiga nazar tashlaydigan bo'lsak, tumanda 45 km.dan ortiq asosiy va ichki yo'llarga asfalt yotqizilib, 35 km.dan ortig'i esa shag'allashtirildi.
Bu ishlarning davomi sifatida tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan Xo'jamushkent qishloq fuqarolar yig'inidagi Feruz ko'chasi hamda Do'stlik mahalla fuqarolar yig'inidagi Nurli yo'l ko'chalariga shag'al yotqizilib, soz holga keltirildi.