Yangiobod tumani sport maktabida Oʻzbekiston Respublikasi Konistitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan sportning Kurash turi boʻyicha “Yangiobod tumani Prokurori kubogi” musobaqasi o'tkazildi.
Musobaqada 2009-2011va 2012-2014-yillarda tugʻilgan oʻsmirlardan iborat 100 nafardan ortiq sportchi yoshlar ishtirok etishdi.
Qiziqarli va murosasiz bahslarga boy o'tgan musobaqa yakunida g'oliblar va faol ishtirokchilar tuman prokuraturasi va sport maktabi tomonidan diplom, medal hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.