Yangiobod tumanining chegaraoldi hududida joylashgan1- sonli umumta‘lim maktabida "Komandir va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda DXX chegara qo'shinlariga qarashli 5-chegara qo'riqlash vzvodi komandiri ishtirok etib, yangi tahrirda qabul qilingan "O'zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi to’g’risida”gi qonunning mazmun-mohiyati, chegaraoldi hududlarda xo‘jalik va boshqa faoliyatni yuritish tartibi, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishdagi ishtiroki va shu kabi asosiy jihatlari to'g'risida tushunchalar berildi.
Shuningdek, vzvod komandiri 8-dekabr - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun bilan barchani tabriklab, Bosh qomusimizda belgilab qo'yilgan huquq va majburiyatlar to'g'risida ham o'quvchilarga tushuntirib o'tdi.