Yangiobod tumanidagi chegaraoldi hududlardagi yoshlarga "O'zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi to’g’risida”gi qonunning mazmun mohiyatini tushuntirish maqsadida DXX chegara qo'shinlariga qarashli chegara qo'riqlash vzvodlari tomonidan targ'ibot tadbirlari o'tkazilmoqda.
Tumandagi 7-chegara qo'riqlash vzvodi tomonidan Yangiobod kasb-hunar maktabida tashkil etilgan tadbirda berilgan tushunchalar va qonunning tegishli moddalari yuzasidan o'tkazilgan savol-javoblarda faol ishtirok etgan yoshlarga vzvod komandiri A.Abdujabborov tomonidan faxriy yorliqlar topshirildi.