Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Xoʻjamushkent QFYda joylashgan 5-maktabda "Ochiq osmon ostida kutubxona" shiori ostida kitoblar koʼrgazmasi tashkil qilindi.
Mazkur ko'rgazmaga Turkiy va badiiy adabiyotlardan eng qiziqarli badiiy, ilmiy va turli yo'nalishdagi adabiyotlar qoʼyildi.
Koʻrgazmaga maktab oʻquvchilari va maktab kutubxonachisi bevosita ishtirok etib, oʼzlari uchun qiziqarli kitoblar bilan tanishib chiqishdi va fikrlar almashishdi.
Aytish joizki, bunday kitobxonlik targʼibot tadbirlari aholi va yoshlarni kitobga boʼlgan qiziqishiniyanada oshirishga xizmat qiladi.