Yangiobod tumanida olib borilayotgan keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari, jumladan, transport vositalari va piyodalar harakati uchun qulayliklar yaratish maqsadida yo'l infratuzilmasining yaxshilanayotgani natijasida mahalla va ko'chalar qiyofasi tobora ko'rkam tusga kirmoqda.
Birgina joriy yilning o'zida tumanda 45 km.dan ortiq asosiy va ichki yo'llarga asfalt yotqizilib, 35 km.dan ortig'i esa shag'allashtirildi.
Xususan, “Yangiobod tumanidagi mahallalarda birinchi navbatda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi”ga asosan tumanning Balandchaqir MFY hududidagi Mustaqillik ko'chasining 2 km.dan ortiq qismiga asfalt yotqizilib, bu yangilik mahallada chinakam bayramga aylanib ketti.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan marosimda tuman hokimi Ibrohim Qarshiboyev ishtirok etib, yig'ilganlarni Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun bilan, qolaversa, mahalladagi yangi o'zgarishlar bilan tabrikladi va bularning barchasi xalq farovonligi uchun ekanini ta'kidladi.