Yangiobod tumanida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan aholi va keng jamoatchilik ishtirokida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
Tadbirda tuman hokimi Ibrohim Qarshiboyev ishtirok etdi va Bosh qomusimiz qabul qilingan kun bilan barchani samimiy tabriklab, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalqimiz irodasi va madaniyatini oʻzida aks ettiruvchi mustaqil oʻzbek davlati va jamiyatining asosiy qonuni ekanini, bugungi kunda Konstitutsiyamizda muhrlab qoʻyilgan tamoyillar asosida aholi turmush darajasi oʻsib, yurtimiz qiyofasi, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi oʻrni butunlay oʻzgarib borayotganini taʼkidlab oʻtdi.
Tadbir davomida yoshlar va harbiylar tomonidan vatanparvarlikni madh etuvchi sheʼrlar va kuy-qoʻshiqlar yangradi. Tuman madaniyat boʻlimi xonandalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi yigʻilganlar e'tiboriga havola etilib, barchaga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.