Yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini chuqur singdirish, jonajon Vatanimizning mustaqilligi va ravnaqi yo‘lida fidokorona kurashgan milliy qahramonlarimiz bilan faxrlanish, ularga munosib bo‘lish tuyg‘usini shakllantirish maqsadida Yangiobod tumani yoshlari bilan Jizzax garnizonidagi harbiy qism hamkorlikda "Armiya va yoshlar" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
Tadbirdada milliy armiyamizga jismonan baquvvat va ma’nan yetuk yoshlar zarurligi, harbiy xizmat har bir O‘zbekiston fuqarosi uchun muqaddas burch ekanligi ta'kidlab o'tildi.
Shuningdek, o'quvchilar e'tiboriga harbiy xizmatchilar tomonidan tashkil etilgan harbiy qurol- aslahalar ko'rgazmasi namoyishi ham yoshlarda katta taassurot qoldirdi.