Yangioibod tumanida "Yangi yil" bayrami oldidan dehqon bozori hamda aholi gavjum maskanlarda arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil etilmoqda.
Aholining bayram dasturxoni toʻkin boʻlishini taʼminlash, narx-navo keskin oshib ketishining oldini olish hamda oziq-ovqat xavfsizligi maqsadida tashkil etilayotgan yarmarkalarda dehqon va bogʻbonlar tomonidan yetishtirilgan sifatli va sarxil mevalar, sabzavot va poliz, shuningdek, sut, tuxum, goʻsht kabi ko'plab turdagi oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari xaridorlarga taqdim etilmoqda.
Xususan, DXX chegara qo'shinlariga qarashli Yangiobod tumanidagi chegara qo'riqlash vzvodlarida ham shu kabi savdo yarmarkalari tashkil etilib, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etildi.
Olis hududlarda bunday savdo rastalarining tashkil etilishi hamda bayramoldi yarmarkalarda sotilayotgan mahsulotlarning bozor narxidan birmuncha arzonligidan barcha mamnun kayfiyatda.
Oʻz navbatida bozorlardagi narx-navo sunʼiy ravishda oshib ketishining oldini olish maqsadida mutasaddi xodimlar muntazam nazorat va targʻibot tadbirlarini olib bormoqdalar.