Yangi yil bayrami arafasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashabbusi bilan onlayn tarzda rasmlar tanlovi o'tkazildi.
Tanlovda respublikamizning barcha viloyatlaridan 500 nafardan ortiq iqtidorli bolalar ishtirok etib, o'z ijod namunalarida qish manzaralarini tasvirladilar.
Ular orasida yangiobodlik 3 nafar yoshlar ham o'z iqtidorlarini namoyish etishib, faol ishtirok etdilar.
Yangiobod tumani hokimi Ibrohim Qarshiboyev tanlov ishtirokchilarining xonadonlariga birma-bir tashrif buyurib, ularni bayram bilan tabrikladi va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori tomonidan taqdim etilgan tashakkurnoma hamda bayram sovg'alarini topshirdi.