Yangiobod tumanidagi Chakand qishlog'ida Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, viloyat 3-sektor rahbari general-mayor Gʻayrat Qodirovning aholi bilan sayyor qabuli boʻlib oʻtdi.
Qabul avvalida ehtiyojmand oilalarning 3 nafariga elektr pechlari, 2 nafariga imtiyozli kredit ajratilganligi haqidagi sertifikatlar, 3 nafariga moddiy yordam hamda 3 nafar yoshlarga ID kartalar topshirildi.
Muloqotda fuqarolar sektor rahbaridan o`zlarini qiynayotgan muammolarini hal etishda yordam so`rashdi. Xususan, ichki ko`chalarga shag`al yotqizish, elektr tayanch ustunlarini almashtirish, ichimlik suvi bilan ta’minlash, moddiy yordam, ish bilan ta’minlashga oid masalalarga mutasaddilar ishtirokida echim izlandi.
Tadbir davomida viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i tuman tibbiyot birlashmasi qoshida bunyod etilib, yaqinda foydalanishga topshirilgan ko'p tarmoqli poliklinikaga tashrif buyurib, bu yerda amalga oshirilgan ishlar va sharoitlar bilan tanishdi.