Yangiobod tumanida "Harbiy vatanparvarlik oyligi" doirasida yoshlar qalbida Vatanga muhabbat tuyg'usini oshirish maqsadida turli tadbirlar o'tkazilmoqda.
Xususan, "Yangi Oʻzbekiston armiyasi - mamlakat qudrati, yuksak gʻurur va sadoqat timsolidir" shiori ostidagi harbiy vatanparvarlik tadbiri Sarmich mahallasidagi 3-davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari ishtirokida bo'lib o'tdi.
Tadbirda bolajonlar katta qiziqish bilan harbiy texnika va qurol-yaroqlarni tomosha qildilar. Harbiy orkestr ijrosidagi kuy-qo'shiqlardan bahramand bo'ldilar.
Albatta, bunday tadbirlarning jajji o'g'il qizlar ishtirokida tashkil etilishi, ular qalbida Vatanga muhabbat va uni asrab avaylashga bo'lgan dahldorlik hissining yanada oshishiga xizmat qiladi.