Yangiobod tumanida yo'l infratuzilmasini yaxshilash borasida olib borilgan amaliy ishlar joriy yilda ham jadallik bilan boshlab yuborildi.
Xususan, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan Xo'jamushkent QFYga qarashli Mo'g'ol qishlog'ida ichki yo'llarga shag'al yotqizilmoqda.
Yo'llar sifatini yaxshilash, aholi va transport vositalari harakatlanishi uchun qulayliklar yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan bu kabi ishlarni barcha mahallalarda bosqichma-bosqich davom ettirish rejalashtirilgan.