Shu yilning 6-Yanvar kuni soat 10:00 da Sarmich MFY 3-Maktab hududida Yangiobod tumani hokimligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Jizzax garnizonidagi harbiy qism, Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi hamkorligida “Xalq bilan armiya – bir tanu bir jon!” shiori ostida vatanparvarlik festivali o‘tkaziladi.
Festival doirasida turli sport musobaqalari va ko'rgazmali chiqishlar taqdim etiladi. Barcha yoshlarni faol ishtirok etishga chorlaymiz!