Biz o'tgan ikki yil davomida tumandagi barcha qatlamdagi yoshlarning dardu-tashvishlariga quloq soldik. Qolaversa, imkoniyati cheklangan, hayotga qiziqishi kam bo‘lgan va intiluvchan, birgina turtki bo‘lsa, hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘ladigan yoshlarga yordam berishni boshladik. O‘tgan davrda, minglab yoshlarimiz Yoshlar siyosatidan rozi bo‘lib, o‘zlari orzu qilganidek niyatiga yetdi. Albatta, bu boshlanishi. Albatta, hali qilinajak ishlarimiz bisyor!
Yoshlar siyosati birinchi o‘rindaligiga yana bir isboti, 2024-yilni "Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili" deb e'lon qilinishi, biz yoshlarga ulkan mas’uliyat, shu o‘rinda keng imkoniyatlar eshigini ham ochib berdi.
Ushbu yilda ham Prezidentimiz komandasida bo‘lib, tumanimizdagi yoshlarni zamonaviy kasblarga, o‘zi xohlagan ish o‘rinlariga ega qilishda hamda yosh tadbirkorlarni ko‘paytirishga bor kuchimiz bilan yondoshamiz"