Yangiobod tumanidagi 19-sonli musiqa va san'at maktabida Yangiobod ShFY aholisi ishtirokida "Yangi hayot uchun, Yangi O'zbekiston uchun!" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.
"Mahallada duv-duv gap" mavzusida tashkil etilgan ushbu tadbirda so'z olganlar so'ngi yillarda yurtimizda Yangi O'zbekistonni barpo etish yo'lida olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar, shu bilan birga, taraqqiyot yo'lidagi bu islohotlarga barcha birdek dahldor bo'lishi lozimligi to'g'risida gapirdilar.
Tadbir davomida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashi raisi Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan Respublika Maʼnaviyat Kengashi yigʻilishida ilgari surilgan Maʼnaviy-maʼrifiy sohani yanada rivojlantirish, soha xodimlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, aholining ma'naviy-ma'rifiy saviyasini yanada oshirish boʻyicha belgilab berilgan ustuvor vazifalar toʻgʻrisida taqdimot namoyish etildi.