2024-yil 1-10-yanvar, oʻquv taʼtili kunlari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasi tomonidan Yoshlar ishlari agentligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda “Yoshlar turizmi haftaligi” oʻtkaziladi.
Turizm qoʻmitasi haftalik doirasida 7 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan oʻquvchi, talaba va yoshlarga respublikaning diqqatga sazovor joylariga sayohat qilishni tavsiya qilgan.
Ushbu haftalik doirasida yoshlar uchun yoʻl va transport xarajatlari, teatr, kinoteatr va konsertlarga kirishda maxsus chegirmalardan foydalanish imkoniyati yaratiladi, muzey va madaniy meros obyektlariga kirish esa mutlaqo bepul boʻladi.