Yangiobodlik M. Sh Toshkent davlat texnika universitetidan maʼlum sabablarga koʻra chetlatilgan edi;
Oʻzbekiston Milliy oʻniversiteti Jizzax filiali 4-bosqich talabasi, Paxtakor tumanidan M.A taʼlim krediti olishda muammolarga uchrayotgan edi;
Jizzax shaxridagi “Qozon” federal oʻniversiteti 2-bosqich talabasi, Jizzax shaxridan U.I bolalar sogʻlomlashtirish markazini jixozlash uchun imtiyozli kredit olishda muammolarga uchrayotgan edi;
Talabalar Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyati Kengashiga murojaat bilan chiqishdi. Murojaati qonun doirasida koʻrib chiqilib, xal etildi.
Jumladan, talaba M.Sh Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyati Kengashiga murojaat etdi, murojaati yuzasidan sabablar oʻrganilib, “Yoshlar ittifoqi” kafilligi asosida oʻqishi qayta tiklandi.
Talaba M.A Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyat Kengashiga murojaat etdi, murojaati yuzasidan Yoshlar ittifoqi koʻmagida Milliy bank tomonidan 12 mln. soʻm taʼlim krediti ajratildi.
Talaba U.I. ning murojaati Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyat Kengashi tomonidan oʻrganilib, “Yoshlar ittifoqi” kafilligida unga Xalq banki tomonidan 5 mln soʻm imtiyozli kredit mablagʻi ajratildi.
Bu xolat yoshlarimizning Yoshlar ittifoqiga bulgan ishonchi ortayotganining yana bir isbotidir.