Yangiobod tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida barcha mahallalar, aholi xonadonlari, yoʻl chetlari va belgilangan maydonlarda mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekilib, yashil maydonlar kengaytirilmoqda.
"Yangi Oʻzbekiston – yashil makonda birga yashaylik!" shiori ostida tashkil etilayotgan kuzgi ko'chat ekish ishlarida barcha birdek faol ishtirok etmoqdalar.
Tumanning 1-sektor hududiga qarashli Yangiobod SHFYda tashkil etilgan ko'chat ekish aksiyasida ham mahalla tizimi xodimlari, deputatlar, yo'llardan foydalanish korxonasi xodimlari hamda mahalliy aholi ishtirok etishdi.
Tadbir doirasida seminar ham tashkil etilib, mutaxassis tomonidan ko'chat ekishda e'tibor berilishi lozim bo'lgan jihatlar xususida yig'ilganlarga tushuntirildi. Shuningdek, faollar tomonidan iqlimga xos bo'lgan manzarali daraxt ko'chatlari ekildi.