Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz ikki yilligi munosabati bilan Prezident farmoniga asosan yurtimizda barcha soha faollarining bir guruhi koʻp yillik samarali mehnati va ibratli faoliyati uchun davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
Quvonarlisi, ular orasida ijtimoiy faolligi, islohotlarga dahldorligi, vatanparvarligi, hayotga boʻlgan intilishi, ijodkorligi, tumanda hunarmandchilik sohasi rivojiga qoʻshayotgan munosib hissasi uchun Yangiobod tumanida yashovchi Abdullayev Rustamjon Turdimurotovich “Jasorat” medali bilan mukofotlandi.
Mukofot Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev, ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, general-mayor Gʻayrat Qodirov, tuman hokimi Ibrohim Qarshiboyev hamda bir guruh faollar ishtirokida Rustamjon Abdullayev xonadoniga borib, tantanali tarzda topshirildi.