Yangiobod tumanida Vatanimiz Mustaqilligining 32 yillik bayrami munosabati bilan “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostidagi bayram tadbiri o'zgacha shukuhda bo'lib o'tdi.
Tadbirda tuman hokimi Ibrohim Qarshiboyev barchani ushbu qutlug' sana bilan tabriklab, istiqlol tufayli tumanimiz taraqqiyoti yo'lida amalga oshirilayotgan islohotlarga ham to'xtalib o'tdi.
Bayram tadbirida elimiz suygan sanʼatkorlar, tuman madaniyat markazi xonandalari va isteʼdodli yosh ijodkorlar va sportchi yoshlar ishtirok etishib, ular tomonidan taqdim etilgan ijod namunalari, “Beshta muhim tashabbus” doirasidagi koʻrgazmali chiqishlar hamda qalblarda faxr-iftixor va shukronalik tuygʻularini oshiruvchi kuy-qoʻshiqlar yigʻilganlarga unutilmas lahzalarni tuhfa etdi.