O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 14 dekab kunidagi F-79-sonli farmoyishiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan o‘quvchi-yoshlar vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish, Vatan himoyasiga daxldorlik hissida tarbiyalash hamda harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida joylarda keng ko‘lamli tadbirlar tashkil etilmoqda.
Jumladan, DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli Jizzax viloyati Yangiobod tumanida joylashdan harbiy qismlarning birida o‘quvchi-yoshlar ishtirokida “Xalq va armiya - bir tanu, bir jon!” shiori ostida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.
Tadbir davomida o‘quvchi yoshlarga chegara qo‘riqlash vzvodida xizmatchilarga yaratilgan yotoqxona, oshxona sharoitlari, ma’naviyat-ma’rifat xonalari, kutubxonalar va sport zallari tanishtirildi. Shuningdek, zamonaviy harbiy texnika va qurol-aslahalar ko‘rgazmasi va xizmat itlarining ko‘rgazmali chiqishlari nomoyishi o‘tkazildi.
Ko‘rgazmali namoyishlar davomida yoshlarga “Badiiy harbiy ansambl” jamoasi ijodkorlari tomonidan turli musiqa asboblarida kuy va qo‘shiqlar kuylandi.
Sardor Otaqulov,
DXX ChQ harbiy xizmatchisi kapitan