Yangiobod tumani hokimining birinchi o'rinbosari R.Abdug'aniyev tumanning 1-sektoriga qarashli Sovot QFYda aholi bilan sayyor qabul o'tkazdi.
Qabulda tegishli korxona va tashkilot rahbarlari, mahalla masʼullari, aholi va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda dastlab ushbu mahalla hududida aholi turmush darajasini yaxshilash borasida bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, yaratilayotgan ish o'rinlari to'g'risida so'z bordi.
Ochiq muloqot tarzida oʻtgan sayyor qabul davomida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, ularning ijobiy yechimi yuzasidan tegishli raxbarlarga topshiriklar berildi va hokim o'rinbosari tomonidan nazoratga olindi.