Yangiobod tumanidagi barcha mahallalarda "Yangi hayot uchun, Yangi O'zbekiston uchun!" shiori ostida "Mahallada duv-duv gap" ma'naviy-ma'rifiy ko'ngilochar tadbiri davom etmoqda.
Xususan, Sarmich mahallasida tashkil etilgan tadbirda targ'ibot guruhi tomonidan Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda erishilayotgan yutuqlar to'g'risida tushunchalar berildi.
Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan Respublika Maʼnaviyat Kengashi yigʻilishida ilgari surilgan fikrlar va ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyati taqdimot asosida batafsil tushuntirildi.
Tadbir davomida aholiga xushkayfiyat ulashish maqsadida tuman madaniyat bo'limi san'atkorlari tomonidan konsert dasturi taqdim etildi.