Yangiobod tumanidagi DXX chegara qo'shinlariga qarashli 6-chegara qo'riqlash vzvodida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan ochiq eshiklar kuni o'tkazildi.
"Armiya va xalq bir tanu bir jon" shiori ostida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular qalbida ona yurtga sadoqat tuygʻularini kuchaytirish maqsadida bo'lib o'tgan bu tadbirda Sarmich mahallasidagi umumta'lim maktablar o'quvchilari ishtirok etildi.
Tadbir davomida yoshlar harbiylarning hayot tarzi va ular uchun yaratib berilgan shart-sharoitlar, harbiy texnikalar hamda qurol-aslahalar bilan yaqindan tanishtirilib, kinologiya xizmati xodimlari va xizmat itlarining turli xil chiqishlari ham ular eʼtiboriga havola etildi.