Yangiobod tumani hokimligi majlislar zalida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-401-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Oila va xotin qizlar bo'limi hamda tuman tibbiyot birlashmasi hamkorligida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Tadbirda Respublika ixtisoslashtirilgan "Ona va bola salomatligi" ilmiy amaliy tibbiyot markazi Jizzax filiali direktori N.Shodmonov ishtirok etib, qarorda belgilangan vazifalar mazmun-mohiyatini tushuntirdi va ona va bola salomatligini muhofaza qilish borasidagi hamkorlikda bajarilishi lozim boʻlgan vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, tadbir davomida Prezidentimizning "Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-296 sonli qarori mazmun-mohiyati ham tushuntirib o'tildi.