Yangiobod tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta‘lim maktabida 14 -yanvar Vatan ximoyachilari kuni munosabati bilan harbiy vatanparvarlik tadbiri o'tkazildi.
Tadbirda o‘quvchilarga DXX Chegara qo‘shinlari faoliyati, yaratilayotgan shart sharoitlar va Yosh chegarachilar harbiy akademik litseyi haqida tushunchalar berildi.
Tadbir doirasida yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida arqon tortish, armrestling, 100 metrga yugurish va turnikda tortilish kabi sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilib, faollar taqdirlandilar.