Avval xabar berganimizdek, Yangiobod tumanidagi barcha mahallalarda "Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!" shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy ko‘ngilochar tadbirlari bo'lib o'tmoqda.
"Mahallada duv-duv gap" nomli bu galgi tadbir Sovot QFY, Sohibkor qishlog'ida tashkil etilib, targ‘ibot guruhi tomonidan Respublika Maʼnaviyat va ma’rifat Kengashi yigʻilishida ilgari surgan fikrlar va ustuvor vazifalar mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Tadbir davomida “Harbiy vatanparvarlik” oyligi munosabati bilan "Yangi O‘zbekiston armiyasi - mamlakat qudrati, yuksak g'urur va sadoqat timsolidir” mavzusida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, dunyoqarashini kengaytirish va ularqalbida ona Vatanga muhabbat tuygʻularini yanada shakllantirish maqsadida tushunchalar berildi.
Tadbir davomida aholiga xushkayfiyat ulashish maqsadida tuman madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan kuy-qo'shiqlar kuylandi.