Yangiobod tumanida 14-yanvar - “Vatan himoyachilari kuni” hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi munosabati bilan ko'plab bayram tadbirlari bo'lib o'tdi.
Tumandagi 7-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida tashkil etilgan harbiy vatanparvarlik tadbiri ham jajji bolajonlar qalbida ona Vatanga muhabbat va uni asrab avaylashga bo'lgan dahldorlik his-tuyg'ularini shakllantirishga xizmat qildi.
Tadbir davomida bog'chada tarbiyalanuvchi o'g'il-qizlar tomonidan Vatanni madh etuvchi she'rlar o'qilib, turli qiziqarli musobaqalar o'tkazildi.