“Adabiyotni anglab yetmagan odam – adlu adolatni ham anglab yetmaydi”, deydi donishmandlar. Kitobga mehr qoʻygan, ilmli farzandlari bor yurtning ertasi buyukdir. Yoshlarning yetuk bilimlarni egallab, komil inson boʻlib tarbiya topishida kitobning oʻrni beqiyos.
Darhaqiqat, kitob insonning butun hayoti mazmuniga jiddiy taʼsir koʻrsatadi. Yoshmi yoki katta kishimi, har kuni kitob mutolaa qilsa, qimmatli maʼlumotlarga ega boʻladi. Fikrlash layoqati kengayadi, bilmaganlarini oʻrganadi.
Yangiobod tumanidagi DXX Chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qismlarning birida harbiy xizmatchilar oʻrtasida kitobxonlikni yanada ommalashtirish, bilim olishga boʻlgan ishtiyoqni oshirish maqsadida “Kitob xazina - bilim boylik” shiori ostida “Kitob yarmarkasi” tashkil etildi.
Kitob yarmarkasi davomida harbiy xizmatchilar va ularning oila-aʼzolari tomonidan oʻzlarini qiziqtirgan 500 dan ortiq kitoblar xarid qilishdi.