Fuqarolik ishlari buo'yicha Zarbdor tumanlararo sudining 2023-yil 24-oktyabrdagi № 2-1303-2301/3984-sonli ijro varaqasiga asosan qarzdor IBTX MCHJdan “Qishloqqurilishbank” Yangiobod filiali foydasiga 3.8 mlrd soʻmlik kredit qarzdorligini undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjati 2023-yil 27-noyabr kuni Byuroning Yangiobod tumani boʻlimiga kelib tushgan.
Ushbu ijro hujjati yuzasidan 27.11.2023-yilda “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.
Byuroning Yangiobod tumani boʻlimi tomonidan 2024-yil yanvar oyida olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli boʻlgan 2 turdagi avtotransport vositasi qarzdorlik uchun xatlangan. Ijro xarakatlari davomida xatlangan avtotransport vositasi joriy yilda E-AUKSION elektron dasturiga joylashtirildi.
X.B.Xazratqulov,
Byuroning Yangiobod tuman bo'limi boshlig'i