Fuqarolik ishlari boʻyicha Zarbdor tumanlararo sudining 2023-yil 13-oktyabrdagi № 2-1303-2301/4482-sonli sud buyrug'iga asosan qarzdor K.Adan udiruvchi K.M foydasiga uch nafar farzandi uchun 1/2 qism miqdorida aliment undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjati 2023-yil 18-oktyabr kuni Byuroning Yangiobod tumani boʻlimiga kelib tushgan.
Ushbu ijro hujjati yuzasidan 2023-yil 18-oktyabr kuni “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.
Byuroning Yangiobod tuman boʻlimi tomonidan 2024-yil 29-yanvar kuni olib borilgan ijro harakatlari davomida ushbu oila aʼzolari bilan suhbatlashildi.
Oʻtkazilgan tushuntirish ishlari natijasida K.A va K.M oilasi murosaga keltirilib, bir oilaning parchalanib ketishi oldi olindi.
X.B.Xazaratqulov,
Byuroning Yangiobod tuman boʻlimi boshligʻi