Fuqarolik ishlari boʻyicha Zarbdor tumanlararo sudining 2023-yil 28-dekabrdagi № 2-1303-2301/5736-sonli sud buyrugiga asosan qarzdor O.Jdan udiruvchi X.Yu foydasiga bir nafar farzandi uchun 1/4 qism mikdorida aliment undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjati 2024-yil 10-yanvar kuni Byuroning Yangiobod tumani boʻlimiga kelib tushgan.
Ushbu ijro hujjati yuzasidan 2024-yil 10-yanvar kuni “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.
Byuroning Yangiobod tuman boʻlimi tomonidan 2024-yil 15-yanvar kuni olib borilgan ijro harakatlari davomida ushbu oila aʼzolari bilan suhbatlashildi.
Oʻtkazilgan tushuntirish ishlari natijasida O.J va X.Yu oilasi murosaga keltirilib, bir oilaning parchalanib ketishi oldi olindi.
X.B.Xazaratqulov,
Byuroning Yangiobod tuman boʻlimi boshligʻi