Jizzax viloyat sudi jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatining sudyasi D.Eshmatov va jinoyat ishlari boʻyicha Yangiobod tuman sudining raisi B.Mamadaminov tomonidan Yangiobod tumani Sovot qishloq fuqarolar yigʻinida joylashgan 4-sonli maktab oʻqituvchi va oʻquvchilari bilan ochiq muloqot oʻtkazildi.
Uchrashuvda, ishtirokchilarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-apreldagi “Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarorining mazmun-mohiyati tushuntirib o'tildi. Shu bilan birga, yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini barvaqt olish yuzasidan fikrlar bildirilib, qizgʻin savol-javoblar boʻldi.
Yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirish maqsadida ilgari sodir etilgan jinoyatlar va huquqbuzarliklarga ham to'xtalib o'tildi.
Shuningdek, oʻqituvchi va oʻquvchilarga farzandining oʻquv muassasasiga muntazam kelishini taʼminlamayotgan ota-onalariga nisbatan maʼmuriy jazo choralari qoʻllanilishi mumkinligi eslatib oʻtildi.